Bor ekan, yoโq ekan, bir kambagโal chol bilan kampir yashagan ekan. Ularning hovlisidagi katta chinorda bir laylak in qurgan ekan. Kunlardan bir kun shamol turib laylakning bolasi inidan tushib ketib choโlogโ boโlib qolibdi. Chol unga rahm qilib, bogโlab davolabdi.
Kuz kelib laylaklar issiq oโlkalarga uchib ketibdilar. Choโloq laylak ham ular bilan ketibdi. Yozda laylak qaytib kelib dadasiga tilla tarvuz tashlab ketibdi. Tarvuzni yorib qarasalar, ichi toโla tilla ekan. Bu boylikdan keyin chol boyib ketibdi.
Buni koโrgan boy qoshinisiga xasad qilibdi va u ham ataylab laylak inini buzib bolasini choโloq qilibdi, keyin uni davolab qoโyibdi. Qaytib kelgan laylak boyga ham bir tarvuz qoldiribdi. Boy xursand boโlib qasr eshiklarini yopib tarvuzni yorsa, ichidan qora ari chiqib uni talab ketibdi.
Boy tavba qilib bor-budini kambagโallarga boโlib berib omon qolibdi.