Tole yo'qi jonimga balolig' bo'ldi,
Har ishniki ayladim xatolig' bo'ldi.
O'z yerni qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.
Kim ko'rubdur ey ko'ngul ahli jahondin yaxshilig',
Kimki ondin yaxshi yo'q, ko'z tutma ondin yaxshilig'.