Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข     Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข     Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข     Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข      Sayt test rejimida ishlamoqda    โ€ข   

๐Ÿ“– Amir Temur โ€” faxrimiz

Amir Temur โ€” Oโ€˜rta Osiyo tarihidagi eng buyuk sarkardalardan biri, markazlashgan kuchli davlat asoschisi va madaniyat homiysidir. U 1336-yilda Kesh, ya'ni hozirgi Shahrisabz yaqinidagi Xoโ€˜ja Ilgโ€˜or qishlogโ€˜ida dunyoga kelgan. Sohibqiron oโ€˜zining aql-zakovati va harbiy salohiyati bilan qisqa vaqt ichida Movarounnahrni birlashtirib, dunyodagi eng qudratli davlatlardan biriga aylantirdi. Temurning yoshligi asosan kurashlar va sarguzashtlarga boy o'tdi. U Chig'atoy ulusidagi tarqoqlik va boshboshdoqlikni tugatish maqsadida Balx amiri Husayn bilan ittifoq tuzdi. Keyinchalik qonuniy taxtni egallagach, o'zining butun kuch-g'ayratini yagona, markazlashgan va qudratli davlat qurishga sarfladi. Mamlakat ichida feodal tarqoqlikka qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. Eron, Iroq, Kavkazorti, Hindiston hamda Oltin O'rdaga qarshi ko'plab yurishlar qildi. Uning harbiy taktikalari, qo'shinning qismlarga bo'linib jang qilishi va raqib bo'linmalarini aldamchi manyovrlar bilan chalig'itish san'ati bugungi kunda ham jahon miqyosida o'rganib kelinadi. Temur nafaqat jangchi, balki ilm-fan, binokorlik va sadoqatli doโ€˜stlik qadriga yetadigan dono rahbar edi. Temur davrida Samarqand, Kesh va Buxoro shaharlari jahon sivilizatsiyasining goโ€˜zal markazlariga aylandi, qator madrasalar, karvonsaroylar va ulkan masjidi jomelar bunyod etildi. Buxoroda Chashmai Ayub maqbarasi, Turkistonda Xo'ja Ahmad Yassaviy majmuasi va Samarqandda Bibixonim masjidi, Go'ri Amir kabi bebaho inshootlar uning bevosita rejalari va homiyligida bunyod etildi. Amir Temurning shaharsozlik borasidagi qarashlari nihoyatda keng qamrovli bo'lib, bo'ysundirilgan o'lkalardan eng mohir ustalar, taroshlar va arxitektorlar Movarounnahrga chaqirtirilgan. Uning o'z asari ยซTemur tuzuklariยป da davlat boshqaruvining aniq qoidalari bayon etilgan. "Kuch โ€” adolatdadir" degan shiori butun umri davomida davlat boshqaruvining asosiy mezoni boโ€˜lib xizmat qildi. U saltanat ishlarini adolat va maslahat asosida yuritish, sipohiy va raiyat ahvolidan doimo xabardor bo'lish kabi tartiblarni joriy qildi. Tarixchilarning ta'kidlashicha, Temur hukmdor sifatida xalqining tinchligi va farovonligini har doim birinchi o'ringa qo'ygan. Shuningdek, u savdo-sotiq ishlariga keng yo'l ochib, Buyuk Ipak yo'lidagi xavfsizlikni to'liq ta'minladi. Evropa elchilarini ham ochiq yuz bilan qabul qilgani ma'lum. Bugungi kunda Amir Temur nomi O'zbekistonning ramziy belgilaridan biridir. Mustaqillik yillarida uning siymosi adolat, bunyodkorlik va milliy g'urur timsoli sifatida qayta tiklandi. Poytaxtimiz Toshkent, shuningdek Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykallari qad rostlagan. Biz ajdodlarimiz yaratgan shunday boy va betakror meros bilan haqli ravishda cheksiz faxrlanamiz.