🚗Shartnomalar va Tilxat · Lex.uz
Avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha dastlabki kelishuv (Zakolat)
Mashina sotib olishda oldindan to'lov (zakolat) berish va notariusgacha narxni belgilab qo'yish kelishuvi.
Huquqiy asos: O'zR Fuqarolik kodeksi 311–312-moddalar (Zakalot) va 361-modda (Dastlabki shartnoma)
1. Ma'lumotlarni kiriting
📌 Muhim eslatmalar
- Asosiy avtomobil oldi-sotdi shartnomasi albatta notariusda (e-notarius.uz) rasmiylashtirilishi shart.
Ushbu shablon namunaviy axborot xarakteriga ega. Murakkab yoki nizoli vaziyatlarda advokat yoxud notarius bilan maslahatlashing. Manba: Lex.uz.
2. Tayyor hujjat ko'rinishi
DASTLABKI KELISHUV VA ZAKOLAT TILXATI ______________ shahri “___” __________ 202__ yil Sotuvchi __________________________ hamda Xaridor __________________________ o'rtasida __________________________ rusumli transport vositasini ______________ so‘m narxda oldi-sotdi qilish bo'yicha dastlabki kelishuv tuzildi. 1. Xaridor shartnoma tuzish niyatini tasdiqlash uchun Sotuvchiga ______________ so‘m miqdorida zakolat mablag'ini topshirdi. 2. Tomonlar asosiy oldi-sotdi shartnomasini “___” __________ 202__ yil sanasidan kechiktirmay notarial idorada rasmiylashtirishga kelishdilar. 3. O'zR FK 312-moddasiga muvofiq: agar Xaridor kelishuvni buzsa, zakolat Sotuvchida qoladi; agar Sotuvchi sotishdan bosh tortsa, zakolatni ikki baravar qilib qaytarishi shart. Sotuvchi: ___________________ Xaridor: ___________________
Tez-tez so'raladigan savollar
Avtomobil sotib olayotganda zakolat qaytariladimi?▼
Fuqarolik kodeksining 312-moddasiga ko‘ra, agar shartnoma xaridor aybi bilan buzilsa zakolat sotuvchida qoladi; agar sotuvchi aybi bilan buzilsa, sotuvchi xaridorga zakolatning ikki baravarini qaytarishi shart.